У нас есть только
оригинальные песни

Apple jurnalistlarga maxfiy laboratoriyasini ko‘rsatdi

calendar 24.03.2015
5233


Maxfiylikka ishtiyoqi bilan taniqli bo‘lgan Apple ABC News telekanali jurnalistlarini o‘ta maxfiy laboratoriyaga eksklyuziv ravishda taklif qildi, deya xabar bermoqda "Rossiyskaya gazeta”. Suratga olish guruhining tashrifi chog‘ida kompaniya xodimlari Apple Watch "aqlli” soatini ishlab chiqishda zarur bo‘lgan sinovlardan o‘tdi.

Telekanal saytida aniqlik kiritilishicha, muhandislar, menejerlar, ishlab chiquvchilar o‘tgan yil davomida sportzal-laboratoriyaga ixtiyoriy va mutlaqo maxfiy ravishda kelib-ketgan. Ular akademik eshkak eshish harakatlariga taqlid qilgan, yo‘lakchalarda yugurgan, yoga va fitnesning boshqa turlari bilan shug‘ullangan — bularning barchasi gadjet uchun ma’lumot yig‘ish maqsadida amalga oshirilgan.

Har bir xodim sport bilan mashg‘ul bo‘lgan chog‘ida nafas olish tezligini o‘lchaydigan maxsus niqob kiyib, ko‘plab sensorlarni taqib olgan.

Shu tariqa, ushbu tajriba sharofati bilan kompaniya turli jismoniy yuklanmalar chog‘ida odam organizmida nima sodir bo‘lishi haqidagi eng yirik ma’lumotlar bazalaridan birini to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

Manba:daryo.uz


Яндекс.Метрика