У нас есть только
оригинальные песни

Apple kompaniyasi Apple Music musiqiy servisini ishga tushiradi

calendar 09.06.2015
1268

Apple kompaniyasi o‘zining Apple Music deb atalgan musiqiy servisini ishga tushiradi, deya xabar bermoqda "TASS” Apple rahbari Tim Kukka tayanib. Beats asoschisi va Apple bosh direktori. Foto: AP Beats asoschisi va Apple bosh direktori. Foto: AP "Biz Apple Music oqimli musiqiy servisini ishga tushiramiz”, — deya ma’lum qildi Kuk. U San-Fransiskoda ochilgan Apple ishlab chiquvchilari butunjahon konferensiyasida nutq so‘zladi. Shu tariqa, kompaniya Spotify kabi ommabop servislarga raqobatchi bo‘la oladigan xizmatini yaratdi. Apple’ning yangi xizmatiga oylik obuna haqi 10 dollardan 15 dollargachani tashkil etadi. Apple Music dasturining Android uchun mo‘ljallangan versiyasi yaratilishi kutilmoqda. Bu Apple tarixidagi birinchi bunday qadam bo‘ladi. Shu bilan bir paytda Apple tomonidan o‘tgan yili sotib olingan Beats kompaniyasi asosida kecha-kunduz ishlaydigan Beats1 musiqiy radiostansiyasi tashkil qilinmoqda. U Apple Music xizmatining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Яндекс.Метрика