У нас есть только
оригинальные песни

Apple kompaniyasi iPod touch 6 chiqarilganini e’lon qildi

calendar 16.07.2015
1902


Apple kompaniyasi iPod touch pleyerining oltinchi avlodini chiqargani haqida e’lon qildi.

Apple iPod touch 6’ga yangi A8 chipi o‘rnatildi. Shuningdek, asosiy kamera 8 megapikselli bo‘ldi, old kamera esa avvalgidek 1,2 megapikselliligicha qoldi.

Ishlab chiquvchilar displeyni ham o‘zgartirmaslikka qaror qilib, 4 dyuym va 1136×640 pikselli IPS-matritsani qoldirdi. Biroq Wi-Fi va Bluetooth’ni yangiladi.

Yangi iPod touch’ga iOS 8.4 operatsion tizimi o‘rnatilgan, unda Apple Music va birinchi Apple onlayn radiosi — Beats 1 xizmati ta’minlanadi.


Яндекс.Метрика