У нас есть только
оригинальные песни

Apple kompaniyasining navbatdagi taqdimoti tafsilotlari fosh etildi

calendar 04.10.2016
1415

AQShning Apple kompaniyasi bahorgi taqdimot marosimida uchta yangi iPad planshet komp'yuterlarini namoyish etishi mumkin. Ular orasida 7,9 dyuymli ekranga ega iPad Pro mini ham bo'ladi, deya habar qilmoqda Yaponiyaning Mac Otakara blogi.

Unga ko'ra, yangi modelning katta ko'rinishi hozirgi o'lchamda qoladi. Biroq, uning kamerasi o'zgarib, iPad Pro 9,7 modelida qo'llanilgan True Tone funktsiyasiga ega bo'ladi. Ushbu tehnologiya tasvirni atrofning yoritilishiga moslashtirish imkonini beradi. Planshet komp'yuterlarning o'rta hajmli modellari o'lchami diagonali 10,1 dyuymgacha yiriklashadi. Shu sababli, uning gabarit o'lchamlari ham eniga 0,5 sm, qalinligi 1 smga kattalashadi. 

Taqdimot marosimining asosiy yangiligi 7,9 dyuymli iPad Pro mini bo'lishi kutilayapti. Bu qurilmaga ham True Tone funktsiyasi, to'rtta stereo-dinamik va klaviaturani o'rnatish uchun smart-konnektor joylanadi. Manbaning qo'shimcha qilishicha, uchchala planshet iPhone 7 smartfonida olib tashlangan 3,5 mmli audiotirqishga ega bo'ladi. 

Apple iPad Pro planshetini 2016 yil bahorida bo'lib o'tgan WWDC ko'rgazmasi doirasida namoyish etgan edi. Ushbu planshet kompaniyaning 256 gigabayt hotiraga ega ilk qurilmasi bo'ldi. 

Яндекс.Метрика