У нас есть только
оригинальные песни

Apple’ni shifrlashdan voz kechishga majbur qilishmoqchi

calendar 03.11.2015
1309

Britaniya maxsus xizmatlari iPhone va iPad’dagi ma’lumotlar shifrlangan bo‘lgani sababli, ularni to‘liq qo‘lga kiritish imkoniyati yo‘qligidan jiddiy xavotirga tushdi, deb yozadi "Hi-tech.mail.ru”.
4-noyabr kuni Buyuk Britaniya parlamenti yangi qonun loyihasini ko‘rib chiqadi, unga ko‘ra, savdosi taqiqlanishi mumkin bo‘lgan gadjetlar ishlab chiqaruvchilari qurilmalardagi ma’lumotlarni qo‘lga kiritish uchun kalitni taqdim etishi kerak bo‘ladi. Buyuk Britaniya ichki ishlar vaziri Tereza Mey ta’kidlashicha, mamlakat hukumati internet tarmog‘ida shubhalanuvchilar kuzatiladigan bo‘lsa, maxsus xizmatlar vakolatlarini kengaytirishga erishishga bor kuchi bilan harakat qiladi. "Maxsus xizmatlar internet-kuzatuv uchun yangi, ancha samarali vositaga ega bo‘ladi. Qonun maxsus xizmatlarga kim kim bilan va qachon muloqot qilganini bilish imkonini beradi”, — dedi u.
Яндекс.Метрика