У нас есть только
оригинальные песни

Apple’ning mahsulot sotish borasidagi siri

calendar 15.03.2015
3584


"Apple” kompaniyasi o'z magazinlari sotuvchilariga "Apple Watch” aqlli soatlarini qanday sotish kerakligi bo'yicha tavsiyalar berdi. Kompaniyadagilar ko'plab kishilar bu soatlarni sotib olishga qaror qilishganini, ularga faqat o'zlariga mos modelni tanlashda yordam berish kerak degan fikrda. "Apple” o'z sotuvchilariga xaridorlarga kerakli modelni tanlashda yordam beradigan bir necha savollarni berishni tavsiya etdi. Masalan, sotuvchi xaridordan soatning qanday imkoniyatlari qiziqtirayotganini, undan nima maqsadda foydalanishini va o'zi uchun olyaptimi yoki sovg'agami, shularni so'rashi mumkin.



"Apple” shuningdek, "Apple Watch” sotuvi "iPhone”ning yangi modellarini sotish uchun ham imkoniyat berishiga umid qilmoqda. Xaridorlardan ularning smartfonlarida "iOS 8” o'rnatilganligi, qanday ilovalardan foydalanishlari, salomatlikni nazorat qiluvchi servislar qiziqtirishini so'rashlari mumkin. Agar xaridorning ayfoni bo'lmasa yoki modeli "Apple Watch”ga mos kelmaydigan bo'lsa, sotuvchi unga yangi smartfon sotib olishni taklif qiladi. "Apple Watch” uch xil variantda turli narx toifalarida chiqariladi: alyuminiy korpusli sport versiyasi, po'lat korpusli qimmatroq modeli va bir necha ming dollar pulni ayamaydiganlar uchun tilla soatlar.



"Apple” soatlari uchun aksessuarlar sotish ham biznesning muhim yo'nalishlaridan biri sifatida qabul qilinmoqda. Kompaniya sotuvchilari har bir xaridor uchun o'ziga xos yondashuv asosida mahsulot taklif etadi. "Apple Watch” sotuvi apreldan boshlanadi. Dastlab soatlar AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya va Avstraliyada sotuvga chiqadi. Eng arzon model 349 dollardan sotiladi, eng qimmati esa mish-mishlarga qaraganda, 19999 dollar turadi.

Яндекс.Метрика