Apple korparatsiyasi Medisondagi Viskonsin universiteti patentidan noqonuniy foydalanishda aybdor deb topildi, deya xabar berdi Reuters.
Sud qaroriga binoan, Apple o'zining A7, A8 va A8X chiplarida protsessorlar samaradorligini oshirish bo'yicha universitet texnologiyasidan foydalangan. Ular iPhone 5s, 6, 6 Plus va iPad`ning bir qator modellarida qo'llanilgan. Sud mazkur texnologiya Viskonsin bitiruvchilarining tadqiqot jamg'armasi (WARF) tomonidan 1998 yildayoq patentlanganini tan oldi.
2015 yil sentyabrda WARF vakillari
Apple`ga nisbatan yana bir ayblov arizasini taqdim etgan bo'lib, ular
iPhone 6S, 6S Plus, va iPad Pro`da qo'llanilgan A9 va A9X chiplarida
o'zlarining texnologiyalaridan foydalanilganini ma'lum qilishgan.
Sudya
Uilyam Konlining so'zlariga ko'ra, kompensatsiya miqdori hozircha
aniqlashtirilmagan, biroq yakuniy jarima 862,4 mln dollarga qadar etishi
mumkin.