У нас есть только
оригинальные песни

Apple quloqchinlar uchun raz'yomlardan voz kechadi

calendar 21.01.2016
1201

Yaponiyalik bloger iOS operatsion tizimining yangi 9.3 Beta 1.1 versiyasi kodida quloqchinlar (naushniklar) uchun 3,5 mm li raz'yomlarning yo'qligi haqidagi ma'lumotni aniqladi. U buning suratini o'z tvitterida chop etdi.

Blogerning ta'kidlashicha, u operatsion tizimning yangi versiyasi kodini sinchkovlik bilan o'rganib, unda 3,5 mm lik razyomlarning yo'qligini aniqladi. Yangi iPhone 7 smartfonida raz'yomning yo'qligi va tovush Lightning raz'yomi orqali uzatilishi haqidagi gaplar internetda ancha avval paydo bo'lgandi, chunki Apple yangi qurilmalarining qalinligini kamaytirmoqchi.

Shuningdek, yangi operatsion tizimning kodida Li-Fi yorug'lik nurlanishi yordamida ma'lumotlar uzatilishi texnologiyasi sinovdan o'tkazilgani haqida ma'lumot topildi. Bu texnologiya ishlatilganda ma'lumotlarni uzatish manbasi bo'lib stol lampasidagi oddiy lampochka bo'la olishi mumkin.

Яндекс.Метрика