У нас есть только
оригинальные песни

Apple qurilmalari salomatligingizni nazorat ostiga oladi

calendar 27.09.2016
1020

Amerikaning 5 mingdan ortiq shifohona, labaratoriya va dorihonalari bilan aloqa o'rnatib, mijozlar haqidagi ma`lumotlarni to'plovchi hamda ularni birlashtiruvchi Gliimpse tibbiyot servisining harid qilinishi Apple'ning sog'liqni saqlash sohasiga jiddiy e`tibor qaratayotganidan dalolat beradi. 

Kompaniya ishga qabul qilgan sog'liqni saqlash sohasidagi ko'plab ekspertlar "olma" qurilmalari egalarining sog'lig'iga doir ma`lumotlarni tahlil hamda talqin qilishga yordam berishlari kerak bo'ladi. Bu haqida Bloomberg habar berdi. 

Hozirida kompaniya Apple Watch uchun yangi ilovalar ustida ishlamoqda: ular uyqu sifatini kuzatish, yurak urish chastotasini talqin qilish va shu kabi boshqa vazifalarni bajarishi mumkin bo'ladi.

Apple'ning HealthKit platformasi mavjud bo'lib, u olingan ma`lumotlarni talqin qilish imkonini beradi. Kompaniya "tibbiy" jamoasining maqsadi - HealthKit'ni tashhis qo'yish vositasiga aylantirishdan iborat. Bugungi kunda tibbiyot sohasi ikki muammoga duch kelmoqda: bir tomondan - bemorning sog'lig'iga doir ma`lumotlarni bir shifohonadan boshqasiga o'tkazish, boshqa tomondan - to'g'ri tashhis qo'yish va davolash muolajalarini belgilash uchun katta hajmdagi ma`lumotlarning orasidan eng keraklisini aniqlash. HealthKit bu masalalarni hal qilishda yordam berishi ko'zlangan. 

Яндекс.Метрика