У нас есть только
оригинальные песни

Apple rahbari Tim Kuk Klintonning saylovoldi kampaniyasi uchun pul yig'adi

calendar 30.07.2016
1023

Sir emaski, Hillari Klintonning Kremniy vodiysida kuchli ittifoqdoshlari bor. Ma`lum bo'lishicha,  Apple rahbari Tim Kuk Klintonni qo'llab-quvvatlaydi va uning saylovoldi kampaniyasini moliyalashtirish uchun pul yig'ish tadbirini o'tkazishda yordam beradi. Bu haqida BuzzFeed ma`lum qildi

Ta`kidlanishicha, Kuk mablag' to'plashda Apple kompaniyasining vakili sifatida emas, hususiy shahs sifatida ishtirok etadi. Bundan tashqari, unga atrof-muhitni qo'riqlash kompaniyasining vitse-prezidenti Liza JYekson ham hamrohlik qiladi. 

Tadbir 24 avgustda o'tkaziladi. Unda Tim Kukning mehmonlar oldida so'zga chiqishi kutilmoqda. Shunisi qiziqki, AQSh prezidenti saylovlariga tayyorgarlik davomida Kuk boshqa nomzodlar tomonida ham o'zini ko'rsatishga ulgurgan.

Bundan avval u respublikachilar vakili Pol Rayan uchun pul yig'ish tadbirida qatnashgan. Apple hodimlari, o'z rahbarlari singari aniq bir tomonga ro'yhushlik berishmagan, ular demokratlarga ham, respublikachilarga ham pul vositalarini yo'llashgan. Faqat kompaniya mahsulotiga boykot e`lon qilgan Donal'd Trampgina bundan mustasno.

Яндекс.Метрика