У нас есть только
оригинальные песни

Apple Romeo va Julyetta obrazi orqali iPhone 7 kamerasini reklama qildi (video)

calendar 07.12.2016
2426

Apple kompaniyasi iPhone 7 kamerasining yaxshilangan fokusiga bag‘ishlangan 30 soniyalik reklama roligini taqdim qildi.

 

Videolavha Romeo va Julyetta obrazidagi bola va qizning dialogi bilan boshlanadi. Shundan keyin kamera ortga suriladi va sahna maktab teatri ekanligi oydinlashadi. Sahnani bolalardan birining otasi iPhone 7 yordamida suratga olayotgan bo‘ladi.

Ushbu video orqali iPhone 7 kamerasi muhim narsalarga e’tibor qaratishiga urg‘u berilgan. Rolik so‘ngida “Sizning videongiz filmlarga o‘xshaydi” degan slogan chiqadi.

Яндекс.Метрика