У нас есть только
оригинальные песни

Apple shu yil taqdim etiladigan iOS 10 operatsion tizimining asosiy xususiyatlarini ma’lum qildi

calendar 14.06.2016
1356

Apple vakillari shu yil chiqishi rejalashtirilgan keyingi avlod iOS mobil operatsion tizimining asosiy xususiyatlarini ma’lum qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

iOS messenjerida havolalar parseri joriy etildi. iMessage orqali URL jo‘natilganda sayt manzili sarlavha, qisqacha mazmun va tasvirdan iborat kartaga aylanadi. Xabarga javob tariqasida tezkor reaksiyani (Tapback) yuborish mumkin. iMessagedagi asosiy yangilik messenjer ichidagi dasturlar uchun do‘kondan iborat: unda stikerlar, fotoni qayta ishlash dasturlari, temalarni xarid qilish mumkin.

3D Touch yordamida qurilma blokirovkasini olmay xatlarga javob variantlarini tanlash, klaviatura yoki ovoz yordamida javob to‘plamiga o‘tish mumkin. Apple tomonidan Siri’ga nisbatan qo‘yilgan chet dasturlarda foydalanish cheklovi bekor qilindi va endi u oqali Uber, Slack, Runkeeper, Skype va CarPlay bilan ishlasa bo‘ladi.

“Aqlli uy”ni, to‘g‘rirog‘i, undagi qurilmalarni boshqarish uchun Home dasturi ishga tushirildi, u HomeKit platformasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Apple News esa yangi dizayn va nashrlarga obuna bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

iOS 10 sinovi iyulda boshlanadi, reliz esa kuzga mo‘ljallangan. Undan iPhone 5 va keyingi ayfonlar, 4-avlod iPad va keyingi aypadlar, iPad mini 2, shuningdek, 6-avlod iPod Touch qurilmalarida foydalanish mumkin.

Яндекс.Метрика