У нас есть только
оригинальные песни

Apple Xitoy firmasi bilan iPhone brendini joylashtirish bo‘yicha sud jarayonida yutqazdi

calendar 04.05.2016
701

AQShning Apple korporatsiyasi Xitoyda mahalliy firma bilan iPhone savdo belgisidan teri mahsulotlarida joylashtirish bilan bog’liq sudlashuvda yutqazdi. Bu haqda, Legal Daily nashriga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Pekin Oliy munitsipal xalq sudi qaroriga ko‘ra, Xintong Tiandi kompaniyasi “iPhone” so‘zini bundan keyin ham o‘zining teri mahsulotlarida ishlatishi mumkin bo‘ladi.

Xintong Tiandi 2007-yilda — birinchi iPhone’lar chiqqanida teri mahsulotlari uchun Apple savdo belgisini yaratgan edi. Ikki kompaniya 2012-yildan beri sudlashadi.

Яндекс.Метрика