У нас есть только
оригинальные песни

Apple Xitoyga boshlang‘ich kodlarni berishdan bosh tortdi

calendar 20.04.2016
978

Kompyuter va smartfonlar ishlab chiqaruvchi Apple kompaniyasi taxminan ikki yil avval Xitoy hukumatidan o‘z mahsulotlarida qo‘llaniladigan dasturiy ta’minot boshlang‘ich kodlarini taqdim etish talabi bitilgan so‘rov olgan edi. Apple’dagilar unga rad javobini berdi, deb yozadi Meduza.

Bu haqda AQSh Kongressida Apple va FQB o‘rtasida telefonlardagi ma’lumotlarga kirish imkoniyatini Amerika maxsus xizmatlariga taqdim etish zaruriyati bo‘yicha yuzaga kelgan munozara yuzasidan o‘tkazilgan eshitishlar vaqtida ma’lum bo‘ldi. Gap aynan qanday boshlang‘ich kod haqida borayotganiga aniqlik kiritilmadi.

Eslatib o‘tamiz, 16-fevral kuni AQSh sudi Apple korporatsiyasi Federal qidiruv byurosi xodimlariga “San-Bernardino mergani”ning telefonini buzib, undagi ma’lumotlarni olishda yordam berishi lozimligi haqida qaror qabul qildi. Korporatsiya rahbari Tim Kuk bunga javoban sud qaroriga rasmiy e’tiroz bildirilishini ta’kidlagan.

Keyinroq hukumat mutaxassislari boshqacha usul bilan, ma’lumotlarni o‘chirmasdan turib qurilmaga kirishga muvaffaq bo‘lgani, shu tufayli hukumat Apple yordamiga “endi muhtoj emas”ligi xabar berilgan edi.

Яндекс.Метрика