У нас есть только
оригинальные песни

Apple yangi avlod simsiz quloqchinlarini namoyish etdi

calendar 02.01.2018
1244

Apple kompaniyasi AirPods simsiz quloqchinlarining yangi avlodini namoyish etdi. Yangi quloqchinlar hozircha savdoga chiqqani yo'q, biroq muhandislarning ma`lum qilishicha, aksessuarni texnik jihatdan yaxshilashning uddasidan chiqilgan. Appleinsider saytida shu haqida xabar berildi. 

Asosiy o'zgarishlar sifat va tovush ko'lami, zaryad va avtonom faoliyatida ro'y bergan. Devays o'zining avvalgi dizaynini saqlab qolgan, lekin vaqt jihatidan uzoqroq ishlaydigan bo'lgan. Akkumulyator sig'imi besh soatgacha oshirilgan. Yangi versiyadagi quloqchinlar relizining aniq sanasi haqida hozircha ma`lumot berilmagan. 

Ma`lumotlarga ko'ra, AirPods foydalanuvchilarining 98 foizi o'z xarididan juda mamnun. Statistika Apple yangi mahsuloti mijozlar ehtiyojini qoniqtirishi bo'yicha rekord ko'rsatkichlarni qayd etgan. 

Яндекс.Метрика