У нас есть только
оригинальные песни

Apple yangi iOS 12 operatsion tizimini namoyish etdi

calendar 05.06.2018
1096

Apple ishlab chiqarish quvvati takomillashtirilgan va yangi funksiyalar kiritilgan yangi iOS 12 operatsion tizimini namoyish etdi. Taqdimot kompaniya tomonidan WWDC 2018 (Apple Worldwide Developers Conference) anjumani doirasida translyatsiya qilindi.

Unda tezlashtirilgan tizim faoliyatidan tashqari foydalanuvchilarga iOS-qurilmalar bilan ishlash vaqtini nazorat qilishda yordam beruvchi Screen Tim funksiyasi ham bo'ladi. 

iOS 12'da shuningdek Siri ovozli yordamchisi uchun Siri Shortcuts funksiyasi paydo bo'ldi. Uning sharofati bilan Siri har qanday ilovalarda ishlay oladi, uning buyruqlarini dasturlashtirish mumkin bo'ladi, bu esa kundalik vazifalarni sezilarli darajada tezlashtiradi. 

Tizim xabarlarida Animoji'dan tashqari real suhbatdoshlarning hissiyotlari va o'ziga xosligini yetkazib beruvchi Memoji — Apple personajlari bo'ladi. iOS 12 operatsion tizimida shuningdek videos`yomkalar va guruh FaceTime'i (videoxabarlar)ning yangi effektlari mavjud.

Яндекс.Метрика