У нас есть только
оригинальные песни

Apple yangi iPhone telefonlarini 9 sentyabr kuni namoyish etishi kutilmoqda

calendar 10.08.2015
1577

Apple kompaniyasi o'zining yangi iPhone telefonlarini joriy yilning 9 sentyabr kuni namoyish etishi mumkin. Bu haqda «3D News» BuzzFeed tahlilchi Djon Pachkovski bergan ma'lumotlarga tayanib xabar berdi.Uning so'zlariga ko'ra, kompaniya odatda o'z qurilmalarini sentyabr oyining ikkinchi haftasida o'tkazadi. Ko'p ehtimol bilan bu yil ham tadbir 9 sentyabr kuni o'tishi kutilmoqda.Bo'lajak tadbirda kompaniya o'zining iPhone 6s va iPhone 6s Plus telefonlarini omma e'tiboriga havola qilishi kutilmoqda. Ikkala modelning displeeyi ham Force Touch texnologiyasi bilan jihozlangan bo'ladi. Yangi apparatlarning protsessori A9 bazasidagi 14-nm texnologiyada, 2 Gbayt tezkor xotiraga, zamonaviylashtirilgan va kattaroq quvvatga ega batareyka va 300 Mbit/s tezlikkacha ishlaydigan internetni qo'llab-quvvatlaydigan texnologiyalarga ega bo'lishi kutilmoqda.Shuningdek, o'sha kuni Apple kompaniyasi o'zining yangi iPad modelini ham taqdim qilishi mumkin. Pachkovskining qayd etishicha, 12,9 dyuymli iPad Prodan tashqari Apple TV televizorning yaxshilangan platformasi ham taqdim etilishi mumkin.
Яндекс.Метрика