У нас есть только
оригинальные песни

Aqlli insonlar nima uchun yolg'izlikni tanlashadi

calendar 11.08.2016
3202


Ko'ngil ishlari juda murakkab. Bu borada har bir inson o'z tajribasiga tayanadi. Ho'sh, nima uchun aqlli insonlarning o'z juftini topishi qiyin kechadi? Olimlar bu savolga javob izlab, quyidagi hulosalarga kelishdi. 
1. Aqlli insonlar his-tuyg'ularni tahlil qilishadi
Aqlli insonlar ma`lumot to'plashni va undan kerakli hulosa chiqarishni qoyillatib uddalashadi, bu hususiyatning esa salbiy tomoni ham bor: ular muammoning ilk belgilari ko'rinishi bilanoq munosabatlardan "qochish"ga moyil bo'lishadi. Tushunmovchilik, janjallar? "Demak, bir-birimizga to'g'ri kelmaymiz, hayr!"
2. Aqlli kishilarning "ochilishlari" uchun ko'p vaqt kerak bo'ladi
Aqlli insonlarning miyasi ishlashdan to'htamaydi va nima uchun munosabatlar silliq kechmasligi mumkinligiga ko'plab dalillar va sabablar topib beradi: ular har qanday munosabat o'rnatish - tavakkal qilishga teng ekanligini juda yahshi bilishadi, ahir. Aynan shu sabab ular sovuqqon va befarq  ko'rinishadi, aslida esa - bunday emas.
3. Aqlli insonlar o'z tajribalariga tayanishadi
Aqlli insonlar tushadigan yana bir qopqon - ularning avvalgi munosabatlariga rahna solgan narsa aksariyat hollarda hozirgilarini yo'qqa chiqaradi, lekin buni tan olishlari qiyin. Ular avvalgi ayriliqning qanchalik og'riqli kechishini juda yahshi eslashadi va ilgarigi tajribalarini hozirgi munosabatlariga ko'chirib o'tkazishadi. 
4. Yolg'izlik - aqlli kishilarning ongli tanlovi
Ha, aynan shunday. Aqlli kishilar "begona" inson bilan birga yashagandan ko'ra, yolg'iz yashash yahshiroq va qulayroq, deb hisoblashadi. Bu ularning ongli va o'ylab chiqilgan qarori. Aksariyat hollarda bunday kishilar sharoit taqozosi bilan emas, o'zlari shuni istaganliklari  va yolg'izlikda o'zlarini yahshiroq his qilganliklari uchun ana shunday hayot tarzini tanlashadi. 

Яндекс.Метрика