У нас есть только
оригинальные песни

AQSh 40 yil ichida birinchi marta neftni eksport qildi

calendar 02.01.2016
1432

AQSh 1975-yildan buyon birinchi marta neftni eksport sifatida yetkazib berdi, deya xabar bermoqda “RBK”.

ConocoPhillips kompaniyasining tankeri (suyuq va yarim suyuq mahsulotlar tashiladigan kema) Texas portini tark etib, Italiyaga yo‘l oldi. U Italiyadagi portlardan biriga neft va gaz kondensatini olib ketmoqda. Yukni qabul qilib oluvchi Shveysariyaning Vitol Group kompaniyasidir.

Bloomberg yozishicha, yaqin kunlar ichida Xyuston portidan Vitol uchun neft xomashyosini ortgan yana bir tanker yo‘lga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh Kongressi 40 yil davomida amal qilgan neft eksporti taqiqini bekor qilgandan so‘ng, bir haftadan kamroq vaqt o‘tib, eksport amalga oshirilishi to‘g‘risida ma’lum qilindi. Ushbu neftni Niderlandiyaning Vitol Group kompaniyasi qo‘lga kiritadi.

Nashrning ma’lum qilishicha, neft Shveysariyadagi neftni qayta ishlash zavodiga yetkaziladi. U yerdan dizel va yoqilg‘ining boshqa turlari Shimoliy Yevropa davlatlariga yetkazib beriladi.

Amerika neftining Yevropaga eksport qilinishi Saudiya Arabistoni, Rossiya va Eron neftini yetkazib berishda raqobatni yuzaga keltirishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Яндекс.Метрика