У нас есть только
оригинальные песни

AQSh Alyaskada 44 ta RQM raketasini joylashtirdi

calendar 08.11.2017
1046

AQShning raketalarga qarshi mudofaa agentligi Alyaskada raketa tahdidlari bilan kurashga mo'ljallangan raketalarni joylashtirish yakuniga yetgani haqida ma`lum qildi. Bu haqda Defense News xabar bermoqda.

«MDA hamda Boeing Fort-Grilda joylashgan raketalarga qarshi majmuadagi uchirish shaxtasiga 44 ta tutuvchini o'rnatdi», - deya xabar berishgan mahkamadan.

Ta`kidlanishicha, tizim AQShni Eron va KXDR tomonidan qit`alararo ballistik raketalar tahdididan himoya qilishga qaratilgan.

Avvalroq Donald Tramp KXDRni AQShning «sabrini sinamaslik»ka chaqirgani xabar berilgandi.

Яндекс.Метрика