У нас есть только
оригинальные песни

AQSh Android tufayli Google’ga qarshi tergov boshladi

calendar 27.09.2015
1108

Google kompaniyasi AQSh monopoliyaga qarshi organlari e’tiboriga tushdi: texnologik korporatsiyani raqobatchilarini o‘ziga tegishli Android operatsion tizimidan cheklab qo‘yganlikda gumon qilishmoqda.

Bloomberg o‘z manbalariga tayanib yozishicha, AQSh Federal savdo komissiyasi (FTC) adliya vazirligi bilan Android operatsion tizimiga nisbatan tergov qo‘zg‘ashga kelishib olgan. Nomi oshkor qilinmayotgan kompaniya vakillari FTC mansabdorlariga aytishicha, Android OTga egalik qiluvchi Google o‘z servislariga birlamchi mavqe berib, raqobatchilarini cheklab qo‘yadi.

Ayni paytda tergov boshlang‘ich bosqichda turibdi va ayblov e’lon qilinmasdan turib yakunlanishi mumkin.

Яндекс.Метрика