У нас есть только
оригинальные песни

AQSh Davlat kotibi: Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreya bilan muzokaralarga tayyor

calendar 13.12.2017
933

Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreya bilan istalgan payt muzokaralarga tayyor. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“KXDR rasmiylari muzokaralar stoli atrofidan joy olishi zarur. Biz ular bilan o‘zlari istagan har qanday paytda gaplashishga tayyormiz”, — dedi Tillerson Vashingtondagi Atlantika kengashidagi chiqishi chog‘ida.

AQSh Davlat kotibi Shimoliy Koreya raketalarning har bir yangi sinovi bilan jahon hamjamiyatidan yakkalanib qolishi ortib borayotganini bildirdi.

Яндекс.Метрика