У нас есть только
оригинальные песни

AQSh dunyo bo‘ylab yana viza berishni boshladi

calendar 30.06.2015
1402

AQSh butun dunyo bo‘yicha yana viza bera boshladi, deya xabar bermoqda "Korrespondent.net” AQSh Davlat departamentiga tayanib.
Davlat departamenti matbuot kotibi Mark Toner so‘zlariga ko‘ra, 21—29-iyunning o‘zidayoq muhojir bo‘lmaganlar uchun 410 mingta viza berilgan va, shu tariqa, ruxsat beruvchi hujjatlar olish uchun yuzaga kelgan navbat deyarli bartaraf etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq butun jahon bo‘yicha AQSh elchixonalarida, texnik muammolar sabab, vizalar berilishi vaqtincha to‘xtatilgani xabar berilgan, nosozlikka konsulliklarning ma’lumot omborlarini saqlovchi uskunaning ishlamay qolgani sabab bo‘lganligi taxmin qilingan edi.
Яндекс.Метрика