У нас есть только
оригинальные песни

AQSH dunyodagi eng kuchli kompyuterni yaratadi

calendar 04.08.2015
5221

AQSH 2025-yilgacha dunyodagi eng kuchli kompyuterni yaratish niyatida. Davlat prezidenti Barak Obama 2025-yilda yaratilajak eng kuchli kompyuter to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Avvalroq AQSHda «Strategik Kompyuter Tashabbusi» (NSCI) ilmiy tadqiqot dasturi qabul qilingan edi. Dasturdan asosiy maqsad, yangi kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish va mamlakatda hisoblash tizimlarini rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Yangi super kompyuter federal hukumat tomonidan ishlab chiqariladi va turli sohalarda amalga tatbiq etiladi. Superkomyuterlardan NASAning ham foydalananishi ko‘zda tutuilgan. Undan shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasida ham keng foydalaniladi. Dunyodagi eng mukammal 500 ta kompyuter ro‘yxatida asosan Amerikani uchratish mumkin. Lekin, ro‘yxatning asosiy qismini Xitoy va Yaponiya egallagan. Xitoyning Tyanxe-2 superkompyuteri ketma-ket ikki yarim yil vaqt davomida, dunyodagi eng kuchli kompyuter deb tan olinmoqda.
Яндекс.Метрика