AQSh Germaniya bundesveri bazalarida yaqin yillarda B61-12 atom bombalarini joylashtirishni rejalashtirmayapti, deb xabar beradi TASS agentligi.
Bu haqda AQSh enegetika vazirligi qoshidagi milliy yadroviy xavfsizlik boshqarmasi matbuot kotibi o'rinbosari Shelli Laver bayonot berdi.
Uning so'zlariga qaraganda, Germaniya matbuotida paydo bo'lgan bunday axborot haqiqatga mos kelmaydi.
Uning qo'shimcha qilishicha, bunday bombalar, AQSh hukumati rejasiga ko'ra, 2020 moliyaviy yildan ishlab chiqarila boshlanadi.