У нас есть только
оригинальные песни

AQSH haqida Churkin fikrlari

calendar 07.03.2015
3158


Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin BMT Xavsizlik kengashi yig'ilishida AQSh butun dunyoda "rossiyaliklarni talash”ni o'ziga odat qilib olgani haqida gapirib o'tdi. Bu haqda "RIA "Novosti” xabar berdi. "AQSh rossiyalik fuqarolarga Amerika maxsus xizmatlari tomonidan ig'volar uyushtirib, ularga o'ylab topilgan, aslida yo'q bo'lgan ayblarni qo'yib, ularni talashni o'ziga odat qilib oldi”, deydi Churkin. Churkin, shuningdek, bu ayblovlardan keyin Rossiya fuqarolari "aqlbovar qilmas darajada ko'p yillik qamoq jazolari”ga tortilmoqdalar, deb qo'shimcha qildi
AQSh harbiylarining Ukrainada paydo bo'lishi kulfatga aylanishi mumkin, deb aytdi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Churkin. Churkinning ta'kidlashicha, AQSh Kongressida Ukraina harbiylarini kerakli qurol-aslahalar bilan ta'minlash va o'qitish uchun 1 mlrd dollar ajratilishi haqidagi qonunni ishlab chiqilmoqda. "Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, shu kunlarda Ukrainaning Lvov viloyatiga 300 nafar AQSh harbiysi tashlangan, ular ukrainalik askarlarga okeanorti texnikasi bilan ishlashni o'rgatadi”, deb aytdi Churkin BMT Xavfsizlik kengashi yig'ilishida. "Butun dunyoga ma'lumki, qaerda amerikaliklar paydo bo'lsa, o'sha erda kulfat boshlanadi”, deb qo'shimcha qildi Churkin
Яндекс.Метрика