У нас есть только
оригинальные песни

AQSh hukumati 170 dan ortiq Boeing 787 samolyoti dvigatelidagi kamchilik haqida ma’lum qildi

calendar 24.04.2016
851

AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi (FAA) Boeing 787 Dreamliner’ning 176 ta samolyoti dvigatelidagi kamchilikni bartaraf etishni talab qilmoqda. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Gap dvigatellarning GEnx-1B PIP2 turi haqida bormoqda. Undagi kamchilikni FAA “parvozlar xavfsizligi sohasidagi masala” deb ta’rifladi.

“Har ikkala dvigatelning ishlamay qolishi mumkinligi xavfsizlik sohasidagi kechiktirib bo‘lmaydigan masala hisoblanadi”, — deyiladi FAA hujjatida.

Agentlik ko‘rsatmasi 29-yanvar kuni Boeing 787 samolyoti bilan olti kilometrdan ortiqroq balandlikda yuz bergan hodisa yuzasidan o‘tkazilgan surishtiruv natijalari bilan bog‘liq.

Boeing, o‘z navbatida, aviakompaniya General Electric bilan hamkorlikda ushbu masalani o‘rganib chiqqanligi va uni to‘liq hal etish uchun FAA bilan hamkorlik qilayotganligini ma’lum qildi.

Яндекс.Метрика