У нас есть только
оригинальные песни

AQSh hukumati Volkswagen’ni sudga berdi

calendar 06.01.2016
970

AQSh adliya vazirligi Germaniyaning Volkswagen AG avtokonsernini sudga berdi, deb yozadi “Interfaks”. Kompaniyani Toza havo to‘g‘risidagi qonun (Clean Air Act)ning to‘rtta bandini buzishda ayblashmoqda.

Ayblovchi tomon ma’lumotlariga ko‘ra, umumiy jarima 80 milliard dollarga yetishi mumkin, ammo adliya vazirligidagi manba sud maksimal jazo berishi amri maholligini ta’kidlamoqda.

AQSh fuqarolaridan Volkswagen’ga qarshi yuzlab da’volar kelib tushgan, kamida yettita mamlakat, jumladan, Germaniya regulyatorlari hamon tekshiruv olib bormoqda. Bundan tashqari, AQSh hukumati kompaniyaga nisbatan Atrof-muhit muhofazasi agentligiga yolg‘on ma’lumot taqdim etgani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atishi mumkin.

AQSh atrof-muhit muhofazasi agentligi va Kaliforniya havo resurslari kengashi 2014—2016-yillar modellar qatoriga mansub Volkswagen, Audi va Porsche mashinalarini testdan o‘tkazish chog‘ida ko‘rsatilgan zararli tashlanmalar hajmi mazkur transport vositalaridan foydalanish paytida qayd etilganidan kam bo‘lganini aniqlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyi oxirida Volkswagen’ning dizel dvigatellari atrofida katta mojaro kelib chiqdi. Kompaniya o‘zining 11 million avtomobiliga noqonuniy dasturiy ta’minot o‘rnatganini tan oldi.

Яндекс.Метрика