У нас есть только
оригинальные песни

AQSh kino bozorida kassa yig‘imlarining yangi rekordi o‘rnatildi

calendar 28.11.2016
1566

AQSh kino bozori yangi rekord o‘rnatdi. O‘tgan dam olish kunlari yillik kassa yig‘imlari hajmi 10 milliard dollarga yetdi. Bu haqda, kinozal egalari milliy uyushmasi bayonotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Shu paytga qadar 2013-yilgi natija rekord hisoblanardi. O‘shanda 10 milliard dollar ko‘rsatkichi ikki haftaga kechroq — 7-dekabr kuni qayd etilgan edi.

Joriy yilgi kassa yig‘imlari bo‘yicha birinchi o‘rinda “Dorini qidirib” to‘liq metrajli animatsion filmi 486,2 million dollar natija bilan ketmoqda. Ikkinchi o‘rinda “Birinchi qasoskor. Fuqarolik urushi” kartinasi turibdi (408,1 million dollar). Ikki lentaning yaratuvchilari va distribyutorlari The Walt Disney Company konglomeratiga kiruvchi studiya va kompaniyalardir.

Uchinchi o‘rin 367,7 million dollar ko‘rsatkichga ega “Uy jonivorlarining maxfiy hayoti” animatsion filmi tomonidan band etildi. Kuchli beshlikka, shuningdek, “Changalzor kitobi” (364 million dollar) va “Dedpul” (363,1 million dollar) filmlari kirdi.

Яндекс.Метрика