У нас есть только
оригинальные песни

AQSh maxsus xizmatlari Wi-Fi yordamida devorning narigi tomonini “ko'rish”ni o'rganishdi

calendar 12.08.2015
1895

AQSh maxsus xizmatlari London universitet kolleji olimlarining ishlanmalari yordamida Wi-Fi modulini takomillashtirib, insonning qo'shni xonadagi xatti-harakatlarini kuzatish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Bu haqda IEEE Spectrum xabar bermoqda.
Maxsus qabul qilgichlar bilan jihozlangan buyumlarning harakatini nurlanish chastotasining dopler siljishlari orqali kuzatish mumkin. Bu Wi-Fi va mobil signallarda aks etadi.
Yangi texnologiya 25 sm li beton devorning narigi tomondagi ob'ektni kuzatish imkoniyatini beradi.
Olimlarning bu ishlanmasi maxsus xizmatlarni qiziqtirib qo'ydi. Bu texnologiya bino ichidagi terrorchilarning xatti-harakatlarini kuzatish va maxsus operatsiyalar samaradorligini oshirishda qo'l kelishi aytilmoqda.
Ishlanma 3-9 avgust kunlari Texas shtatining Ostin shahrida bo'lib o'tgan marosimda Engineering Impact Award mukofoti bilan taqdirlandi.
Яндекс.Метрика