У нас есть только
оригинальные песни

AQSh Milliy xavfsizlik agentligiga yangi rahbar tayinlandi

calendar 25.04.2018
779

AQSh senati general-leytenant Pol Nakasoneni Milliy xavfsizlik agentligi (MXA) direktori lavozimiga nomzodini tasdiqladi. Bu haqda The Washington Post nashri xabar berdi

Nakasone 2014 yildan beri MXA rahbari lavozimini egallagan Maykl Rojyers o'rniga keladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp fevralda MXA va AQSh qurolli kuchlari kiberqo'mondonligi rahbarlari lavozimlariga Nakasonening nomzodini ilgari surgandi. Tramp bunda Nakasone boy tajribaga, jumladan kibertexnologiyalar bilan ishlash tajribasiga egaligini ta`kidlab o'tgan.

Яндекс.Метрика