У нас есть только
оригинальные песни

AQSh mudofaa vazirligi Google’dan kuchli qidiruv tizimini yaratdi

calendar 18.02.2015
3094

DARPA, istiqbolli mudofaaviy ilmiy-tadqiqot yaratish agentligi Memex qidiruv tizimini yaratdi. Yangi tizim Google’dan ham kuchliroq bo'lib, u tarmoqning eng himoyalangan nuqtalaridagi ma'lumotlarni ham topa oladi. AQSh mudofaa vazirligining so'zlariga ko'ra, Memex dasturi odam savdosi bilan shug'ullanuvchilarni fosh qilish uchun yaratilgan. Biroq tarmoqda so'z erkinligi tarafdorlari bu dastur josuslik uchun xizmat qilishi mumkinligini ta'kidlashmoqda. Memex qidiruv tizimi faqatgina anonim tarzda internetdan foydalanish uchun yaratilgan brauzerlarda ko'rsatadigan saytlarni ham topa oladi. Memex internetdagi boshqa qidiruv tizimlari aniqlay olmaydigan ko'plab sahifalarni indeksatsiya qilish xususiyatiga ega.

Manba: hi-news.ru
Яндекс.Метрика