У нас есть только
оригинальные песни

AQSh o'z shartini aytdi. KXDR qanday javob qaytaradi?

calendar 08.12.2017
1166

AQSh KXDR bilan to'g'ridan-to'g'ri muzokaralarga tayyor, faqat bu agarda Pxenyan yadro qurolidan xoli hududni yaratish jarayonini boshlasagina ro'y beradi. Bu haqda AQSh Davlat departamentining rasmiy vakili Hezer Nauert ma`lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

«Shimoliy Koreya bilan to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar masalasi, ular yadro qurolidan xoli hududni yaratish jarayonini boshlamagunga qadar ko'rib chiqilmaydi. KXDR ballistik raketalarni uchirishda davom etib, muzokaralar va jiddiy munozaralarga hech qanday qiziqish bildirayotgani yo'q», - deya aytib o'tdi u.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligi AQShning Koreya yarim oroli yaqinidagi harbiy mashg'ulotlariga izoh berdi. Vazirlikdan ta`kidlashlaricha, urushni xohlashmaydi, biroq «undan qochmaydilar ham».

Яндекс.Метрика