У нас есть только
оригинальные песни

AQSh O'zbekistonda soda zavodini quradi

calendar 19.12.2015
2284

AQShning Gibbs Investment Holdings kompaniyasi O'zbekistonda kaltsinatsiyalangan soda ishlab chiqaruvchi zavod loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “O'zkimyosanoat”dagi manbasiga tayangan holda Sputnik agentligi xabar bermoqda.

Uning so'zlariga qaraganda, ikki tomon loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini o'rganish bo'yicha qo'shma memorandum imzolagan. AQSh kompaniyasi 2016 yil birinchi choragining oxirigacha batafsil taklif tayyorlashi, shundan so'ng qurilishning keyingi istiqbollari belgilanishi kutilmoqda.

“Agar biz kelishib olsak, qurilish bir yildan ko'p vaqt olmaydi. Chet el investitsiyalarining umumiy hajmi 7 mln dollarni tashkil qiladi”, - deyiladi xabarnomada.
Bugun O'zbekistonda Markaziy Osiyoda kaltsinatsiyalangan soda ishlab chiqaruvchi yagona korxona bo'lmish Qo'ng'irot soda zavodi ishlab turibdi. Uning yillik quvvati 100 ming tonnani tashkil etadi.

U 2006 yili Xitoyning CITIC Interneshnl kompaniyasi tomonidan ishga tushirilgan. Qurilishga 109.5 mln dollar investitsiya qilingan. Mahsulot asosan Turkiya, Rossiya, Qozog'iston, Turkmaniston va boshqa davlatlarga import qilinadi.

Яндекс.Метрика