У нас есть только
оригинальные песни

AQSh Qozog'istonning 22 milliard dollarlik valyuta zaxirasini muzlatib qo'ydi

calendar 24.12.2017
1009

Qozog'istonning milliy suveren fondi mablag'lari AQShda muzlatilib qo'yildi, deb xabar bermoqda Reuters o'z manbalariga tayangan holda.

Muzlatish 22,6 milliard dollar yoki Qozog'iston hukumati tomonidan banklarni shoshilinch moliyalashtirish, milliy valyuta va umuman, iqtisodiyotni qo'llab-quvvatlash uchun ishlatilib kelinayotgan, neft eksportidan daromadlar hisobidan to'planayotgan kelajak-avlod fondining 40 foizlik aktiviga nisbatan qo'llangan.

Pullar Bank of New York Mellon hisob-raqamida edi va bank moldovalik ishbilarmon Anatoliy Stati va uning kompaniyalarining Qozog'iston hukumatiga da`vosiga ko'ra hisob-raqamni muzlatgan.

Stati va uning o'g'li Gabriel Qozog'istonning neft-gaz sohasiga investitsiya kiritgan, so'ngra Qozog'iston hukumatini o'z mulklarining reyderlik orqali egallab olganini da`vo qilib, 4 milliard dollarlik zararni qoplab berishni talab qilishgan.

2013 yil yanvarida Stokholm savdo palatasi arbitraj sudi Qozog'iston tomonidan energetik xartiya haqidagi shartnoma buzilganini qayd etgan va hukumatga Stati oilasiga 500 million dollar miqdorida kompensatsiya to'lash majburiyatini yuklagan. Biroq hukumat sud qarorini rad etgan.

Muzlatilgan summa Qozog'iston YaIMining 17 foizini tashkil etadi. Valyuta zaxiralarini tasarruf etuvchi Qozog'iston milliy banki London Yuqori sudiga aktivlarni muzlatishdan ozod qilishni so'rab da`vo arizasi kiritgan va aktivlarni «tasarruf etish mumkin bo'lmayotgani tufayli baholash qiyin bo'lgan jiddiy zararlar», boshlanib bo'lgan tranzaksiyalarni tugatish va yangilariga kirishish qiyinchiliklari haqida ma`lum qilgan. Biroq, Bloomberg ma`lumotlariga ko'ra, sud e`tirozlarni apellyatsiya berish imkonisiz rad etgan.

BNY Mellon esa, o'z navbatida, Stati oilasi ular orqali Stokholm arbitrajining qarorini ijro etishni niyat qilgan Belgiya va Niderlandiya sudlari qaroriga tayanmoqda.

Londondagi «Legal & General Investment Management» kompaniyasi investitsion strategik vaziyatni «misli ko'rilmagan» deb baholagan: «Agar fondning 40 foizi foydalanishdan mosuvo etib, muzlatib qo'yilsa, bu butun dunyo markaziy banklari uchun ogohlik qo'ng'irog'i hisoblanadi».

«Shu paytgacha markaziy bank va suveren fondlarning aktivlari nisbatan himoyalangan hisoblab kelinardi, lekin paydo bo'lgan vaziyat bu nuqtai nazarni qaytadan ko'rib chiqishga undaydi», — degan u.

Яндекс.Метрика