У нас есть только
оригинальные песни

AQSH: Rossiya Asadni qo'llab-quvvatlashda davom etsa, xalqaro izolyatsiyaga duch kelishi mumkin

calendar 15.09.2015
1316

Rossiya Suriya prezidenti Bashar Asadga yordam ko'rsatishda davom etaversa, xalqaro miqyosda yakkalanib qolishi mumkin. Ushbu fikrni dushanba, 14 sentyabr kuni Oq uy matbuot kotibi Joshua Ernest bildirib o'tdi.

Jurnalistlarning agarda Rossiya Iroq va Suriyada terroristlarga qarshi amaliyotlar olib borayotgan AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaga qo'shilmasa va Asabni qo'llab-quvvatlashda davom etsa, oqibatda nimalar bo'lishi mumkinligi to'g'risidagi savoliga javob berar ekan, "ular xalqaro hamjamiyatdan yanada ko'proq ajratib qo'yiladi”, – deya javob berdi u. "Aks holda ular IShIDga qarshi AQSh boshchiligida koalitsiya doirasidagi 60 davlat qarshisida qoladi”, – deya tasdiqladi Ernest.

Ayni paytda, Ernestning so'zlariga ko'ra, "Rossiyaning Suriyadagi manfaatlari qolgan dunyo mamlakatlari qiziqishlari bilan to'liq qarama-qarshi kelmaydi. Rossiya antiterror koalitsiya yutuqlaridan manfaatdor. Rossiya ham IShIDni batamom yo'q qilish strategiyasining muvaffaqiyatli amalga oshishini istaydi, albatta”, – degan Oq uy matbuot kotibi. U Asadning hokimiyatdan ketish vaqti kelganini yana bir bor ta'kidlab o'tdi.

Яндекс.Метрика