У нас есть только
оригинальные песни

AQSh Rossiya va Xitoyga urushni boy berishi mumkin

calendar 10.12.2017
1584

Qo‘shma Shtatlar qurolli kuchlari o‘zlarining asosiy raqiblari amalga oshirayotgan harbiy modernizatsiyadan ortda qolmoqda, Yevropa va Sharqiy Osiyodagi tahdidlarga yetarli darajada qarshi turish imkoniyatiga ega emas. AQShning Rand markazi tadqiqotlari natijalari shundan dalolat bermoqda.

Hisobotga ko‘ra, hozirda Rossiya va Xitoy AQSh milliy manfaatlariga tahdid solishga qodir ikki asosiy kuch hisoblanadi. “Kuchli raqiblar” deb atalgan mazkur ikki davlatning imkoniyatlari keyingi paytlarda sezilarli darajada oshdi. 

“AQSh qurolli kuchlari ular bilan bo‘lajak ehtimoliy urushlarda boy berishi mumkin. Garchi AQShning kuch mutanosibligi Xitoy bilan 2,7 ga 1, Rossiya bilan esa 6 ga 1 ni tashkil etayotgan bo‘lsa ham”, — ta’kidlanadi hisobotda.

Яндекс.Метрика