У нас есть только
оригинальные песни

AQSh Rossiyaga qarshi qo'shimcha sanktsiyalar kiritdi

calendar 31.07.2015
1358

AQSh rossiyalik tadbirkorlar va kompaniyalarga qarshi qo'shimcha sanktsiyalar kiritdi, deb ma'lum qilinmoqda AQSh Moliya vazirligi saytida.Sanktsiyalar Rossiya to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar fondi (RFPI), "VEB-lizing”, "VEB Kapital”, "Svyaz-bank", "RN-Yuganskneftegaz”, Rosneft Trading, EKSAR, Globeks” bankiga qarshi kiritildi.Yangilangan "qora” ro'yxatga Roman Rotenberg, Sergey Kurchenko va Aleksandr Yanukovich (Viktor Yanukovichning o'g'li) kiritildi.Bundan tashqari, sanktsiyalar Qrim yarimorolidagi Sevastopol, Еvpatoriya, Feodosiya, Kerch, Yalta portlari va Kerch parom kechuviga qarshi ham kiritildi.AQSh hukumati Ukrainadagi mojaro tufayli hammasi bo'lib 11 ta jismoniy va 15 ta yuridik shaxsga nisbatan sanktsiya kiritdi.
Manba: kun.uz
Яндекс.Метрика