У нас есть только
оригинальные песни

AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar kiritdi

calendar 11.03.2015
4948


AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar kiritdi. AQSh Moliya vazirligi kengaytirilgan sanktsiya ro'yxatini o'zining saytida chop etdi. Ro'yxatga RNKB banki va Yevrosiyo yoshlar ittifoqi kabi tashkilotlar hamda quyidagi siyosatchi shaxslar kiritilgan: Ukraina sobiq bosh vaziri Nikolay Azarov, Qrim IIV rahbari Sergey Abisov, Ukrainaning sobiq bosh vazir birinchi o'rinbosari va Ukraina Milliy bankining sobiq rahbari Sergey Arbuzov, DXR xavfsizlik kengashi kotibi, Ukrainaning sobiq sog'liqni saqlash vaziri Raisa Bogatireva, rossiyalik jamoat arbobi Aleksandr Dugin, DXR TIV rahbari lavozimini vaqtinchalik bajarayotgan Yekaterina Gubareva, LXR IIV rahbari Yuriy Ivakin, Yevrosiyo yoshlar ittifoqi etakchilari Pavel Kaniщev va Andrey Kovalenko, DXR bosh vazir o'rinbosari Aleksandr Karaman, Sevastopoldagi Rossiya migratsiya xizmatining rahbari Oleg Kojura, DXR Markaziy saylov komissiyasi rahbari Roman Lyagin, DXR Mudofaa vaziri yordamchisi Sergey Zdrilyuk. Hammasi bo'lib yangi ro'yxatga 14 nafar jismoniy va 2 nafar yuridik shaxs kiritilgan.
Яндекс.Метрика