У нас есть только
оригинальные песни

AQSh Rossiyaning yadroviy ustunligini tan oldi

calendar 13.01.2018
1162

Rossiya AQSh va uning ittifoqdoshlaridan yadro quroli ishlab chiqarish borasida sezilarli ustunlikka ega. Bu haqda Qo‘shma Shtatlarning yangi yadro doktrinasi loyihasida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Izvestiya”.

Xabar berishlaricha, Vashington Moskvaning nostrategik yadro kuchlaridagi ustunligini ham tan olgan.

“Rossiya AQSh va uning ittifoqdoshlaridan yadro quroli ishlab chiqarish va nostrategik yadro kuchlari borasida sezilarli ustunlikka ega. Moskva turli-tuman va zamonaviy nostrategik tizimlar, yadroviy va oddiy qurol-aslahalar yaratish ustida ish olib bormoqda”, — deyiladi hujjatda.

Яндекс.Метрика