У нас есть только
оригинальные песни

AQSh senatori Trampga tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini topshirishni taklif qildi

calendar 28.04.2018
798

Amerikalik senator Lindsi Gremning ta’kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq. Bu haqda Fox News’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

“Donald Tramp KXDR va Xitoyni jiddiy o‘zgarishlarga rostdan ham tayyor ekanligiga ishontirdi. Biz hozircha kerakli natijaga erishmadik, biroq agarda bu amalga oshgudek bo‘lsa, prezident tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq”, — deydi Grem.

Shuningdek, senatorning qayd etishicha, Trampning agressiv pozitsiyasi Shimoliy Koreyani muzokaralar stoliga qayta o‘tirishga majbur etgan.

Яндекс.Метрика