У нас есть только
оригинальные песни

AQSh Sovet Ittifoqi bo‘ylab bermoqchi bo‘lgan yadroviy zarbalari nishonida O‘zbekiston shaharlari ham bo‘lgan

calendar 23.12.2015
3220

AQSh Arxivlar va hujjatlashtirish milliy boshqarmasi Sovet Ittifoqi va Sharqiy Yevropadagi yadroviy zarbalar uchun nishonlar ro‘yxatini e’lon qildi. Meduza’ningxabar berishicha, hujjat Amerika strategik aviatsiyasi qo‘mondonligi tomonidan 1956-yilda tayyorlangan.

 

AQSh strategik aviatsiyasining birinchi galdagi vazifasi dushmanning harbiy-havo kuchlari infratuzilmasini, xususan, sovet bloki mamlakatlaridagi 1100 aerodromlarni yo‘q qilish bo‘lgan. Mazkur yo‘nalishdagi nishonlar orasida O‘zbekiston hududidagi Andijon, Boysun, Chirchiq, Farg‘ona, Qarshi, Namangan, Nukus, Samarqand, Toshkent, Termiz kabi shaharlar ham bor.

Ro‘yxatda “tizimli ravishda yo‘q qilinishi kerak” bo‘lgan nishonlar ham ko‘rsatilgan. Ular orasida sanoat korxonalari va davlat muassasalari mavjud. Xususan, Moskvaning o‘zida 179, Leningradda 145 nishon belgilangan. Nishonlarning kamida bittasi shunchaki “aholi” deb ko‘rsatilgan. Sanoat obyektlariga yadroviy zarbalar berish strategik aviatsiyaning ikkinchi navbatdagi vazifasi hisoblangan.

Maxfiylikdan chiqarilgan ro‘yxat faqat umumiy axborot beradi. Unda yo‘q qilinishi kerak bo‘lgan aniq obyektlarning nomlari va manzillari ko‘rsatilmagan. Bu ma’lumotlar hali ham maxfiyligicha qolmoqda.

Яндекс.Метрика