У нас есть только
оригинальные песни

AQSh va Xitoy vakillari kiberxavfsizlik masalalarini muhokama qilishdi

calendar 13.09.2015
908

Vashingtonda AQSh va Xitoy vakillari kiberxavfsizlik masalalari bo'yicha uchrashuv o'tkazishdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi Oq uyga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.
Xitoy tomonidan Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy siyosiy-yuridik komissiyasi kotibi Men Szyanchju ishtirok etdi. Szyanchju Vashingtonga Xitoy raisi Si Szinpin tashrifi oldidan keldi.
Szyanchju AQSh ichki xavfsizlik vaziri Jey Jonson, FQB direktori Jeyms Komi va boshqa mansabdor shaxslar bilan uchrashdi.
"Men Szyanchju, shuningdek, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi Syuzan Rays bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida tomonlar kiberxavfsizlik masalalari bo'yicha fikr almashishdi”, deb aytilmoqda Oq uy bayonotida.
Яндекс.Метрика