У нас есть только
оригинальные песни

AQSh Xitoy mahsulotlariga qo'shimcha bojlar kiritmoqchi

calendar 02.04.2018
841

AQSh prezidenti Donald Tramp joriy haftada qo'shimcha import bojlari kiritiluvchi Xitoy mahsulotlari ro'yxatini taqdim qiladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.    

Taxmin qilinishicha, yangi bojlar AQShga importi yiliga 50-60 mlrd dollarni tashkil qiluvchi mahsulotlarga nisbatan kiritiladi. Birinchi nabatda sanksiyalar ostiga yuqori texnologik tarmoqlar mahsulotlari tushadi. Bu tarmoqlarning rivojlantirilishi Xitoy sanoatini modernizatsiya qilish strategiyasi – “Xitoyda ishlab chiqarilgan 2025”’da ko'zda tutilgan.    

Sanktsiyalar Xitoyni AQSh kompaniyalarini ularning manfaatlariga to'g'ri kelmaydigan holda Xitoyga intellektual mulk berilishiga majburlash siyosatidan voz kechishga majbur qiladi.

Xitoy 2 apreldan AQShdan keltiriluvchi 128 nomdagi mahsulotga 25 foizgacha boj to'lovi kiritdi. Pekin shu yo'l bilan AQShning po'lat va alyuminiyga qo'shimcha bojlar kiritishiga javob qilgan.

Mutaxassislar AQSh va Xitoy savdo urushi yoqasida turganidan, bu esa butun dunyoda iqtisodiy o'sishga xavf solishidan xavotir bildirishgan.

Яндекс.Метрика