У нас есть только
оригинальные песни

AQSh Yevropaga 2 ta strategik bombardimonchi samolyot jo‘natdi

calendar 15.09.2017
2000

Rossiya-Belarus “G‘arb-2017” mashg‘ulotlari boshlanadigan kuni AQSh Yevropaga yadro qurolini tashishga qodir bo‘lgan ikkita B-52H bombardimonchi samolyotlarini jo‘natdi, deb xabar beradi “Vedomosti”.

Luiziana shtatidagi Barksdeyl aviabazasidan uchgan 307-aviaqanot tarkibidagi bombardimonchi samolyotlar Atlantika ustidan parvoz qilib, Buyuk Britaniyadagi Ferford aviabazasiga yetib borishi kerak.
Hozirgi vaqtda Yevropada B-1B va B-52H strategik bombardimonchi samolyotlari mavjud.

Bugun, 14 sentabr kuni Rossiya va Belarus harbiy havo kuchlari hamkorligidagi “G‘arb-2017” harbiy mashg‘ulotlari boshlandi.
Harbiy mashg‘ulotlarda 12 700 nafar harbiy xizmatchilar, 70 ta samolyot va vertolyotlar, 680 ta harbiy texnika birliklari ishtirok etadi.

Яндекс.Метрика