У нас есть только
оригинальные песни

AQSh zirhli texnika kolonnasi Moldova chegarasini kesib o‘tdi

calendar 03.05.2016
1122

AQSh zirhli texnika kolonnasi Dragon Pioneer 2016 mashqlarida ishtirok etish uchun Moldova hududiga kirdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

“Publika” telekanalining ma’lum qilishicha, Moldova va Ruminiya chegarasini mamlakat mudofaa vazirligi rasman e’lon qilganidan ko‘ra ikki barobar ko‘p texnika kesib o‘tgan. Kolonna tarkibida avval bildirilganidek 58 ta emas, 100 dan ortiq zirhli texnika bo‘lgan.

Fulger maxsus bo‘linmasi jangchilari mazkur mashqlar tarafdorlari va qarshi tomonlari o‘rtasidagi to‘qnashuvning oldini olgani aytilmoqda. Shundan so‘ng kolonna poytaxt Kishinyovdan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan Negresht poligoniga yo‘l olgan.

Яндекс.Метрика