У нас есть только
оригинальные песни

AQShda 6 noyabrga o'tar kechasi soat millari bir soatga orqaga surildi

calendar 06.11.2016
1821

AQShning aksariyat hududida qishqi vaqtga o'tish maqsadida 6 noyabrga o'tar kechasi soat millari bir soatga orqaga surildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda

Qishqi vaqtga o'tish mamlakatning butun hududida majburiy hisoblanmaydi. Jumladan, mamlakatning Arizona shtati, uning tarkibiga kiruvchi Gavayi, Puerto-Riko, Virginiya orollari, Guam, Shimoliy Marian orollari va Amerika Samoasida hamisha yozgi vaqt amal qiladi.

AQShning sharqiy sohilida joylashgan Vashington va Nyu-Yorkda soat millari surilgach, Toshkent bilan farq 10 soatni tashkil qiladi.

AQShda birinchi marta yozgi vaqtga o'tish o'sha vaqtdagi prezident Vudro Vilson buyrug'i bilan 1918 yilda joriy qilingan. Biroq bir yil o'tgach qonun chiqaruvchilar bunga qarshilik qilishgan. 1966 yilga kelibgina, AQShda soat millarini surish haqida tegishli qonun qabul qilingan.

Яндекс.Метрика