У нас есть только
оригинальные песни

AQShda Arnold Shvartseneggerning o'limi haqidagi mish-mishlar katta rezonans keltirib chiqardi

calendar 30.08.2015
1639

Gollivud aktyori va Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvartseneggerning o'limi haqidagi mish-mish AQShda katta mojaroga sabab bo'ldi, deb xabar bermoqda The Inquisitr nashri.
msmbc.co elektron adresiga ega sayt aktyor o'zining Los-Anjelesdagi uyida o'lik topilgani, politsiyachilar uyning eshigini buzib kirishganda uning jasadini topishgani haqida mish-mish chop etgan. Bundan tashqari, xabarda go'yoki Shvartseneggerning yaqinlari uning o'limini tasdiqlaganlari aytilgan.
Mahalliy OAVlarga voqea tafsilotlarini batafsilroq bilmoqchi bo'lgan aktyor muxlislaridan rekord darajadagi qo'ng'iroqlar kelib tushgan.
Ba'zilar aktyorning o'z mashinasida yurganini, boshqalar esa uni ishchi uchrashuvda ko'rganlarini ta'kidlashgan.
Qayd etilishicha, aktyorning o'limi haqida yolg'on axborot tarqatgan noma'lum shaxslar AQShda ommaviy bo'lgan MSNBC.com kabel televideniesi nomiga taqlid qilish bilan o'zlariga e'tiborni jalb qilishgan va aynan shu holat xabarga ishonarli tus bergan.
Shvartseneggerning o'zi bu voqeaga izoh berishdan bosh tortdi.
Яндекс.Метрика