У нас есть только
оригинальные песни

AQShda Atlas V raketasi fazoga uchirildi

calendar 15.04.2018
827

AQShning Kanaveral burnidagi kosmodromdan AQSh harbiy-havo kuchlarining koinot qo'mondonligi missiyasini bajaruvchi Atlas V raketasi fazoga uchirildi. Bu haqda parvozni boshqaruvchi United Launch Alliance (ULA) kompaniyasi ma`lum qildi.

Yangi konfiguratsiyadagi raketa geostatsionar orbitaga 3,8 tonnalik yuk olib chiqishga qodir bo'lib, orbitaga CBAS (Continuous Broadcast Augmenting SATCOM) harbiy aloqa sun`iy yo'ldoshi va EAGLE (ESPA Augmented GEO Laboratory Experiment) koinot qurilmasini olib chiqadi. 

Raketa qurilmalarni parvoz startidan 7 soat o'tgach Yer ekvatoridan 39 ming balandlikdagi geostatsionar orbitaga yetkazadi.

 

Яндекс.Метрика