У нас есть только
оригинальные песни

AQShda avtobus ishtirokidagi YTH 8 kishini hayotdan olib ketdi

calendar 15.05.2016
1004

Amerikaning Texas shtatida avtobusning avariyaga uchrashi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, 40 dan ortiq odam yaralandi. Bu haqda, mahalliy OAV ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar beradi.

Igl Pass shahridagi kazinoga yo‘l olgan yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketgan. Mahalliy hukumatning ma’lum qilishicha, yetti kishi voqea joyida, yana bir kishi shifoxonada halok bo‘lgan.

YTH sabablari haqida ma’lum qilinmagan; surishtiruv ishlari boshlangan.

Яндекс.Метрика